14:20 / 08.05.2015
1541

"Milan" Ibrohimovichga yiliga 7 mln yevrolik maosh to‘lanadigan 3 yillik shartnoma taklif qilmoqda

"Milan" mavsum yakunlanganian so‘ng "PSJ" hujumchisi Zlatan Ibrahimovichni Italiyaga qaytarib olib kelmoqchi.

Klub vitse-prezidenti Adriano Galliani 33 yoshli futbolchining agenti Mino Rayola bilan muzokaralarni boshlab yuborgan, deya xabar beradi Sky Sport Italia.

Manbada keltirilishicha, muzokaralar og‘ir kechmoqda, chunki "Milan" futbolchining moliyaviy tomondan yon berib, hozirgidan kamroq maosh olishini xohlamoqda.

Ibrahimovich ayni vaqtda "PSJ"da yiliga 14 million yevro oladi, milanliklar esa unga uch yillik shartnoma va yiliga 7 million yevro maosh taklif qilgan. Futbolchining parijliklar bilan shartnomasi 2016 yilda nihoyasiga yetadi.

"Milan" agar Ibrahimovichni ko‘ndira olmasa, "Palermo" hujumchisi Paulo Dibala bilan aloqaga chiqadi.

Top