08:29 / 08.05.2015
3483

O‘zbekistonlik erkin kurashchi Osiyo chempioni bo‘ldi

Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zosii Bekzod Abdurahmonov Qatar poytaxti Dohada davom etayotgan Osiyo chempionatida g‘olib chiqdi. Bu haqda 1news.uz xabar bermoqda.

Abdurahmonov 70 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda O‘zbekiston terma jamoasining musobaqadagi ilk oltin medalini qo‘lga kiritgan. Bungacha Ruslan Pliyev (65 kg), Rashid Qurbonov (74 kg) va Umidjon Ismanov (86 kg) bronza medallarni qo‘lga kiritishgan edi.

Xotin-qizlar kurashi bo‘yicha Dauletbike Yaxshimuratova vazni 48 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bellashuvida ishtirok etadi, deya xabar bermoqda O‘zA.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasidan ma'lum qilishlaricha, erkin kurash bo‘yicha musobaqalar bugun, xotin-qizlar kurashi bo‘yicha bahslar 8 may kuni yakunlanadi. Yunon-rum kurashi bo‘yicha bellashuvlar 9 maydan boshlab o‘tkaziladi.

Top