17:44 / 08.05.2015
2150

Rossiya Xitoy bilan Arktika va Saxalindan neft va gaz qazib olishda hamkorlik qilishga tayyor

Rossiya Xitoy bilan Arktika va Saxalin shelflarida neft va gaz qazib olishda hamkorlik qilishga tayyor. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy rahbari bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunlariga ko‘ra o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
Jumladan, Krasnoyars o‘lkasining shimolidagi Vankor konida xitoylik investorlarning ishtirok etishi yaqin kunlarda tasdiqlanishi ta'kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin xitoylik hamkasbi Si Tszinpin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv doirasida bir qator muhim siyosiy va iqtisodiy masalalar borasida muzokaralar olib borildi.

Top