06:33 / 09.05.2015
2612

Poroshenko: Ukraina tarixiga Moskva nigohi bilan qaramaymiz

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ta'kidlashicha, ukrain xalqi o‘z tarixiga Moskva nigohi bilan emas, o‘z nigohi bilan qaraydi.
“Bugun Ukraina yevropacha formatda Xotira va yarashuv kunini nishonlamoqda. Amalda birinchi marta biz Ukraina-Yevropa koordinatalar tizimida bu ishni qilmoqdamiz, o‘z tariximizga Moskva nigohi bilan emas, o‘z nigohimiz bilan qaramoqdamiz”, - dedi u bayram munosabati bilan qilingan chiqishida.
Tadbir “112 Ukraina” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilindi.
Shuningdek, u bir yil muqaddam Ukrainaning harbiy kuchlari deyarli yo‘q ekanligini, bugun esa jiddiy kuchga aylanib borayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Top