Jahon | 15:30 / 10.05.2015
2150
1 daqiqa o‘qiladi

Al Etihad kompaniyasi samolyoti portlash xavfi tufayli Dubayda qo‘ndi

BAAning Al Etihad aviakompaniyasiga tegishli A321 samolyoti portlash xavfi tufayli Dubay yaqinidagi al-Minhod harbiy aviabazasida qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda kompaniya rasmiylari matbuot vakillariga ma'lum qildi.
Aytilishicha, EY650 reysi Misr poytaxti Qohiraga qadar borishi kerak edi.
Tekshiruvlardan so‘ng samolyot yo‘lovchilari Abu Dabidagi xalqaro aeroportga jo‘natilgan. Bu holat tufayli aviakompaniya mijozlarining bir qismi tranzit reyslariga ulgurmay qolgan. Aviakompaniya bu masalalarni o‘z mablag‘lari hisobiga hal qilib berishini ma'lum qilgan.
Samolyot bortida 128 yo‘lovchi va 7 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish