16:25 / 10.05.2015
7133

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik muhojir ustiga qaynoq suv to‘kilishidan halok bo‘ldi

Peterburgning Nevskiy tumanida o‘zbekistonlik muhojir halok bo‘ldi. “Peterburgskiy dnevnik” nashrida yozilishicha, uning ustiga qaynoq suv to‘kilib ketgan, ammo tez yordam vaqtida chaqirilmagan. U qon zararlanishidan vafot etgan.
Ma'lum qilinishicha, uni shifoxonaga boshqa o‘zbekistonlik muhojir olib kelgan. Har ikkalasi ham rus tilini bilmagani tufayli ular ancha paytgacha shifoxona xodimlariga vaziyatni tushuntira olmagan.
Halok bo‘lgan o‘zbekistonlik 56 yoshda bo‘lgan.

Top