10:58 / 11.05.2015
2281

Yevropa Ittifoqida muhojirlar uchun kvotalar joriy qilinishi mumkin

Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker YeI mamlakatlariga muhojirlar uchun kvotalar joriy qilishni taklif qilmoqda. Bu haqda RIA Novosti agentligiga Yevroparlament vakilidan ma'lum bo‘lgan.

Muhojirlarning Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar hududiga kirib kelishi ma'lum miqdor bilan cheklanishi ko‘zda tutilmoqda. Bu miqdor har bir davlatning aholisi, daromadi, ishsizlik darajasi singari omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Ushbu taklif Yevropa Ittifoqiga noqonuniy muhojirlarning kelishini cheklash bo‘yicha rejaga kiritiladi. Reja 13 may kuni e'lon qilinishi kutilmoqda.

Top