Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Germaniyadan 430 mln yevro evaziga 4ta kema sotib oladi
Isroil Mudofaa vazirligi Germaniyada ishlab chiqariladigan "Korvet" rusumidagi 4ta patrul kemasiga buyurtma bergan. Bu shartnoma mablag‘i 430 mln yevroni tashkil etadi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Bu kemalar Isroil g‘arbida joylashgan O‘rta Yer dengizi shelfidagi energetik boyliklar himoyasi uchun mo‘ljallamgan. Bu kemalar uchun narxning 30 foizini Germaniya hukumati to‘lab beradi.
Bu kemalar keyingi 5 yil ichida Isroilga yetkazib berilishiga kelishib olingan.
Ma'lumot uchun, Isroil bungacha ham Germaniyadan 4ta suvosti atom kemasi xarid qilgan.