10:17 / 13.05.2015
2523

Toshkent aeroportida yangi xalqaro yo‘lovchi terminali qurilishi mumkin

OAVda Toshkent aeroportida yangi xalqaro yo‘lovchi terminali qurilishi haqida ma'lumot tarqaldi. Aytilishicha, yetakchi Yevropa aeroportlaridagidan qolishmaydigan zamonaviy terminal qurilishi tez kunda boshlanadi. U soatiga 1.5 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata olishi aytilmoqda.
Biz ushbu axborotni tekshirish maqsadida aeroport telefonlariga murojaat qilganimizda, kompaniya xodimi bu borada aniq ma'lumotga ega emasligini aytdi.
Loyihaning umumiy qiymati 312 mln dollarga baholanmoqda. Ayni paytda loyihani moliyalashtirish bo‘yicha xorijiy investorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Top