12:57 / 15.05.2015
2049

2015 yilning birinchi choragida Qozog‘istonning Yevrosiyo ittifoqi bilan tovar aylanmasi 21 foizga tushib ketdi

Joriy yilning birinchi choragida Qozog‘istonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari bilan tovar aylanmasi 21 foizga tushib ketdi. Bu haqda Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vazirligi qoshidagi statistika qo‘mitasiga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

YeII davlatlariga eksport 31 foizga tushib ketib, 901.6 mln dollarni tashkil qilgan. Import 16.5 foizga tushib, 2.53 mlrd dollarga teng bo‘lgan.
Birinchi navbatda Rossiya, Belarus va Armaniston bilan savdo aylanmasi tushib ketgan.

Top