Jamiyat | 13:50 / 16.05.2015
2487
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada korridadan qochgan buqa 11 kishini suzib jarohatladi

Ispaniyaning Talavera-de-la-Reyna shahrida korridadan qochib ketgan buqa odamlarga hujum qilib, 11 kishini suzib jarohatladi. Bu haqda El Mundo nashri xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, jarohatlanganlarning 2 nafari og‘ir ahvoldaligi aytilmoqda. Jabrlanganlarning 4 nafari esa shifoxonadan chiqqan.
Ayni vaqtda buqa ushlanib, tomosha maydoniga qaytarilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish