Jamiyat | 16:14 / 18.05.2015
4182
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda 42 yil komada yotgan hamshira vafot etdi

Hindistonda zo‘ravonlik oqibatida 42 yil komada yotgan hamshira vafot etdi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.
Ayol 1973 yilda komaga tushib qolgan. Ma'lum bo‘lishicha, o‘sha yili noma'lum erkak shifoxonada uni zo‘rlab, bo‘g‘ib o‘ldirishga harakat qilgan. Ayol tirik qolgan, ammo komadan chiqa olmagan.
O‘tgan hafta shifokorlar unga pnevmoniya diagnozini qo‘ydilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish