O‘zbekiston | 13:34 / 18.05.2015
2171
1 daqiqa o‘qiladi

Next savdo markazi xayriya tadbiri o‘tkazdi

16 may kuni Toshkentdagi Next savdo markazi tashabbusi bilan xayriya marafoni o‘tkazildi.
Next-e tashkil etgan marofon doirasida ko‘ngillilar karting poygasi, figuristlar shousi hamda "Ilm xurofotga qarshi" nomli shou kabi tadbirlarda ishtirok etishdi.

Tadbir 16 may kuni ertalabki soat 10:00 dan 22:00 gacha bo‘lib o‘tdi.
Bu tadbirlar orqali yig‘ilgan mablag‘lar gematologiya sohasini rivojlantirish hamda qon quyish tadbirlari uchun yo‘naltirilgan. Aynan qancha mablag‘ yig‘ilganiga aniqlik kiritilmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish