16:01 / 18.05.2015
4566

Toshkentda qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi

Yoshlar o‘rtasida qo‘l jangi sport turining yanada ommalashishiga xizmat qiladigan musobaqada 160 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi.

O‘z vazn toifasida Muso Mametov, Muhiddin Mamajonov, Kamoliddin Zokirov, Jahongir Jumayev, Sulton Allanazarov, Asomiddin Jahonov, Jahongir Mansurov raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

Umumjamoa hisobida Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi vakillari birinchi o‘rinni egalladi.

Top