15:16 / 18.05.2015
3754

Tojikistonga Rossiya aviatsiyasi olib kelindi

Rossiyaning Mi-8 va Mi-24 transport va harbiy vertolyotlari, “Forpost” uchuvchisiz samolyotlari Tojikistonga olib kelindi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug komandiri o‘rinbosari polkovnik Yaroslav Roshupkinga iqtibos keltirgan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
“Tog‘ va tog‘oldi hududida noqonuniy qurolli guruhlar bilan kurashish bo‘yicha o‘tkazilayotgan harbiy mashg‘ulotlar chog‘ida aviatsiya bizga razvedka va qidiruv ishlarini olib borishga, desant tushirish, kolonnani himoya qilish va boshqa manyovrlarni amalga oshirishga yordam beradi”, – tushuntiradi Roshupkin.

Top