Texnologiya | 09:10 / 19.05.2015
1983
1 daqiqa o‘qiladi

Microsoft “Kosynka” o‘yinining 25 yilligi sharafiga musobaqa uyushtiradi

Microsoft kompaniyasi Windows operatsion tizimi foydalanuvchilari orasida mashhur “Kosynka” o‘yinining yaratilganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan musobaqa uyushtiradi. Bu haqda kompaniyaning saytida ma'lumot berildi.
Xabarnomada aytilishicha, dastlab xodimlar orasida ichki turnir o‘tkaziladi, iyun oyining boshida esa musobaqada Windows va Windows Phone tizimlarining barcha foydalanuvchilari ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, turnir doirasida boshqa qartali o‘yinlarni (“O‘rgimchak”, “Soliter”) ham o‘ynash mumkin bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish