21:58 / 19.05.2015
3415

Nyu-Yorkda shahar tarixidagi eng katta geroin partiyasi qo‘lga olindi

Nyu-Yorkda huquq-tartibot vakillari 70 kg geroin va 2 mln naqd pul qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda New York Daily News nashri.

Qo‘lga olingan giyohvand modda partiyasi yirikligi bo‘yicha shahar tarixidagi eng katta va AQSh tarixidagi 4-raqamli geroin partiyasi bo‘ldi.

AQSh maxsus xizmatlari oxirgi paytlarda katta sonda geroin partiyalarining qo‘lga olinayotgani ushbu giyohvand moddaning qaytayotganidan darak berishidan xavotirlanishmoqda.

Top