10:17 / 19.05.2015
2607

Toshkentda innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi ochildi

Toshkentdagi O‘zekspomarkazda VIII Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi ochildi.
Yarmarkada 100dan ortiq ilmiy tashkilotlar o‘z innovatsion loyihalari va g‘oyalari bilan ishtirok ettadi. Bu loyihalarning asosiy qismi qishloq xo‘jaligi, sanoat, muqobil energiya manbalari, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash, fan va ta'lim, axborot va kommunikatsiyalar singari sohalarga oid.
Bundan tashqari, joriy yilda yarmarka bir qancha yangi yo‘nalish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadi. Yuqori texnologiyalar (Hi-Tech) hamda energiya tejash texnologiyalari shular jumlasidandir.

Top