07:03 / 19.05.2015
2560

Volkswagen kompaniyasi Golf GTE Sport kontsept karini namoyish qildi

Volkswagen kompaniyasi Wörthersee tadbirida Golf GTE Sport kontsept karini namoyish qildi. Kompaniya bunday kontsept poyga avtomobili va oddiy avtomobil o‘rtasidagi chegaralarni yo‘qqa chiqaradi, deb ta'kidlamoqda.

Kontsept uchta dvigateldan iborat gibrid tizimga ega: Polo R WRC poyga avtomobilidan olingan asosiy (to‘g‘ri sepish va turbonadduvli) va ikkita elektr (old va orqa o‘qlarda) dvigatel. Birinchi dvigatel 299 ot kuchiga, elektrodvigatellar 115 ot kuchiga ega. Barcha dvigatellar ishlagan paytda mashina 400 ot kuchiga, 100 km/soat tezlikka 4,3 soniyada erishadi. Mashinaning maksimal tezligi 280 km/soatni tashkil qiladi. Mashina litiy-ionli akkumulyatorda50 kmyo‘l bosa oladi.

Avtomobil kuzovi deyarli to‘liq uglerod toladan ishlangan. Saloni ichida ham uglerod va mikrofibradan foydalanilgan. Mashina eshiklari yuqoriga ochiladi. Haydovchi va yo‘lovchi o‘rindiqlari orasida to‘siq o‘rnatilgan. An'anaviy rul chambari o‘rniga ergonomik poyga ruli o‘rnatilgan. Avtomobil ko‘rsatkichlari uchta raqamli displeyga chiqariladi. Birinchi displeyda asosiy, oxirgisida yordamchi ma'lumot chiqariladi. Yurish va displeylarda ma'lumotlarning aks etishi rejimlarini o‘ngda joylashgan panel yordamida boshqarish mumkin.

Top