12:42 / 20.05.2015
6829

Toshkentda ta'siri sezilgan zilzila markazi Rog‘un GESi qurilayotgan hududda bo‘lgani ma'lum qilindi

20 may kuni tongida, soat 8:31 da Toshkent shahri hududida 2-3 ballik kuch bilan sezilgan zilzila markazi Tojikistonning Rog‘un GESi joylashgan hududda bo‘lgani ma'lum bo‘ldi.

"Yevropa—O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi" xabariga ko‘ra, 5,5 magnitudali zilzila Tojikiston hududida sodir bo‘lgan. Yer silkinishi episentri Dushanbedan123 kmsharqda,10 kmchuqurlikda joylashdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tomoni rasmiy Dushanbani bir necha marta tog‘li hududda, 330 metr balandlikda 9-10 ballik zilzilalar yuz berishi ehtimoli mavjudligini inobatga olib, bu GESni qurmaslikka chaqirgan.

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, bu hudud O‘rta Osiyoning zilzilalar faol bo‘lgan hududi hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, 1911 yilda bu hududda 9 ballik zilzila sodir bo‘lgan hamda Sarez ko‘lining suvi toshib, 100 mingdan ortiq kishining olamdan o‘tishiga sabab bo‘lgan.

Top