20:21 / 22.05.2015
2727

Turkiya hukumati katta sinf o‘quvchilari va talabalarga 700 mingta bepul planshet berishni boshladi

Turkiya prezidenti Toyib Rajab Erdo‘g‘an 22 mayda 7 iyunga belgilangan parlament saylovlari arafasida mamlakatdagi katta sinf o‘quvchilari va talabalarga bepul 700 mingta planshet berish tadbiri boshlanishini e'lon qildi.

“Biz ta'lim tizimining hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi doirasida 81 ta viloyatda talabalar va katta sinf o‘quvchilariga 700 mingta planshet ulashamiz. Keyinchalik, 2016 yildan boshlab biz ularga to‘rt yil davomida 10,6 mln dona planshet berishni rejalashtirmoqdamiz”, deb aytdi Erdo‘g‘an Anqaradagi oliy ta'lim muassasalari talabalari va o‘qituvchilari bilan bo‘lgan uchrashuvidagi nutqida.

Turkiya prezidenti o‘zining nutqidan keyin katta sinf o‘quvchilariga 22 ta planshet taqdim qildi.

Avvalroq Turkiya hukumati butun mamlakat bo‘ylab o‘qituvchilar va talabalarga 737 800 dona planshet ulashgan edi. Joriy kampaniya asosan maktablarning 9-sinf o‘quvchilarini qamrab oladi. Barcha planshetlar Turkiyada ishlab chiqarilgan va ta'lim uchun mo‘ljallangan dasturlar bilan jihozlangan.

Top