Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:57 / 25.05.2015
2701
1 daqiqa o‘qiladi
Polsha bosh vaziri yangi prezident bilan samarali hamkorlik qilishiga umid bildirdi
Polsha bosh vaziri Yeva Kopach yangi prezident Anjyey Duda bilan samarali hamkorlik qilishiga umid bildirdi. Bu haqda u Gazeta Wyborca nashriga bayonot berdi.
“Hukumat rahbari sifatida vazirlar mahkamasi va yangi prezident o‘rtasidagi hamkorlik ajoyib natijalar berishini kafolatlayman”, – dedi Kopach amaldagi prezident Bronislav Komorovskiyning shtabida bergan intervyusida.
“Men Anjyey Dudani g‘alaba bilan tabriklamoqchi edim. Bu ajoyib natija”, – qo‘shimcha qildi u.