19:17 / 25.05.2015
2919

Rossiyadan boshpana so‘ragan xorijliklar soni 1,5 yilda 100 marta o‘sdi

Rossiya Federal migratsiya xizmati (FMX) oxirgi bir yarim yil davomida Rossiyadan boshpana so‘rab murojaat qilganlar miqdori keskin darajada o‘sganini qayd etdi. Bu haqda RIA "Novosti" xabar bergan.

"2014-2015 yillarda Rossiya FMXdan boshpana so‘rab murojaat qilganlar soni qariyb 100 baravar oshgan", deb ma'lum qilgan boshqarmaning fuqarolik masalalari bo‘yicha bo‘limi rahbari Valentin Kazakov.

U bu o‘sish aynan qaysi mamlakat fuqarolari hisobiga qayd etilganiga aniqlik kiritmagan.

Top