11:41 / 26.05.2015
5152

Shuhrat Po‘latov "O‘zbekko‘mir" AJ bosh direktori etib tayinlandi

20 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan Shuhrat Po‘latov "O‘zbekenergo" DAK rahbari o‘rinbosari hamda "O‘zbekko‘mir" AJ bosh direktori lavozimiga tayinlangan. Bu haqda review.uz xabar berdi.

Bungacha Shuhrat Po‘latov Olmaliq shahri hokimi lavozimini egallab kelayotgan edi. Undan oldinroq esa "O‘zbekko‘mir" AJ direktorining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Qayd etish joizki, Shuhrat Po‘latov o‘zidan oldingi rahbar Muhiddin Qosimovning o‘rnini egalladi. Muhiddin Qosimov shu yilning aprelm oyi oxirida o‘z lavozimlaridan iste]foga chiqarilgandi.

Top