21:44 / 27.05.2015
3556

Sony Xperia Z3 Plus smartfonining yangilangan versiyasi taqdim etildi

Sony kompaniyasi o‘tgan oyning oxirida sotuvga chiqarilgan Xperia Z4 smartfonining Sony Xperia Z3+ nomi ostidagi jahon miqyosida sotilishi mo‘ljallanayotgan xalqaro versiyasi taqdimotini o‘tkazdi.
Flagmanning yangilangan versiyasi 5.2 dyuymli 1920 x 1080 piksel yechimga ega Full HD-displeyga, 8 yadroli 64-bitli Qualcomm Snapdragon 810 protsessorga ega.

Smartfon 3 GB li operativ va 32 GB li ichki xotiraga ega. Shuningdek, unga 128 GB hajmgacha bo‘lgan flesh-kartalarni o‘rnatish mumkin. Telefon 5,1-megapikselli selfiga mo‘ljallangan frontal kamera va 20,7-megapikselli Sony Exmor RS orqa kamerasiga ega.

Yangi smartfon Android 5.0 Lollipop operatsion tizimi asosida ishlaydi. Korpuslar qora, kumushrang, tillarang va oq variantlarga ega.
Smartfon batareyasi 2900 mA/soat quvvatiga ega. Telefonning bir va ikki SIM-kartali variantlari sotuvga chiqariladi.
Sony Xperia Z3+ 15 iyundan sotuvga chiqariladi. Uning narxlari hozircha ma'lum emas.


Top