Sport | 07:54 / 28.05.2015
4875
1 daqiqa o‘qiladi

FIFA amaldorlari 24 yil davomida pora sifatida 150 mln dollar olishgan

FIFAda korrupsiya bo‘yicha ayblanayotgan 6 nafar amaldor 24 yil davomida pora sifatida 150 mln dollar olgani aytilmoqda. Bu haqda AQSh Federal qidiruvlar byurosi matbuot-anjumanida AQSh bosh prokurori Loretta Linch ma'lum qildi.

Avvalroq FIFAda korrupsiya 1991 yildan beri mavjud bo‘lganligi ma'lum qilingandi.

Shuningdek, FIFA amaldorlari reket, qalloblik va pul yuvganlikda ayblanmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish