11:52 / 28.05.2015
1970

Ispan klublari Yevropa Ligasida oxirgi 12 yil ichida 7 marta g‘olib bo‘ldi

27 may kuni oqshomida Varshavada bo‘lib o‘tgan “Dnepr” va “Sevilya” o‘rtasidagi Yevropa Ligasining finalida ispan klubi yana bir bor bu nufuzli musobaqaning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Uchrashuv 3:2 hisobida andalusiyaliklar hisobiga hal bo‘ldi.

Bu g‘alaba oxirgi 12 yil ichida ushbu musobaqada ispan klublarining 7-g‘alabasi bo‘ldi.

Bu davr mobaynida ushbu musobaqa bosh sovrinini “Valensiya” (2004), “Sevilya” (2006, 2007, 2014) va “Atletiko” (2010, 2012) jamoalari ham qo‘lga kiritgandi.

“Sevilya” ushbu g‘alabasi evaziga Yevropa Ligasining yangi rekordini o‘rnatdi – u bu musobaqada 4 marta g‘olib bo‘lgan yagona klubga aylandi.

Top