06:53 / 28.05.2015
2456

UYeFA FIFA prezidenti lavozimiga saylovlarni qoldirishga chaqirdi

Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UYeFA) 29 mayda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan FIFA prezidenti lavozimiga saylovlarni qoldirishga chaqirmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bu haqda UYeFA ijroiya qo‘mitasining navbatdan tashqari yig‘ilishidan keyin tashkilotning bosh kotibi Janni Infantino ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun, saylovlarda FIFAning amaldagi prezidenti Yozef Blatter va Iordaniya shahzodasi, FIFA vitse-prezidenti Ali ibn Al-Husayn ishtirok etmoqda. Avvalroq “Barselona”ning portugaliyalik sobiq futbolchisi Luish Figu va Niderlandiya qirollik futbol ittifoqi rahbari Mixael van Praag Al-Husayn foydasiga o‘z nomzodlarini saylovda ishtirok etishdan qaytarib olishgan edi.

Top