08:16 / 29.05.2015
1868

Donald Tramp 16 iyunda AQSh prezidentligi uchun saylovda ishtiroki haqida e'lon qiladi

Amerikalik milliarder va teleboshlovchi Donald Tramp 2016 yilda bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidentligi saylovida ishtiroki haqida 16 iyunda e'lon qilishi kutilmoqda.

Xabarda aytilishicha, tadbirkor o‘z niyati haqida o‘zining Nyu-Yorkdagi “Tramp minorasi” biznes markazida 16 iyun kuni ma'lum qiladi.

Yanvar oyida Tramp Respublikachilar partiyasidan saylovda ishtirok etishi mumkinligini aytgandi va mazkur holatda u Amerikada olib borilayotgan ishlardan noroziligini bildirgan. Shu o‘rinda u Barak Obama tomonidan olib borilayotgan siyosatni, xususan sog‘liqni saqlash sohasida Obamacare nomini olgan islohotni tanqid qilgan.

 

Top