17:52 / 29.05.2015
6383

Hindistonda Pokiston maxsus xizmatlariga tegishli kabutar ushlab olindi

Hindistonning Panjob shtati politsiyasi Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumon qilinayotgan kabutarni ushlab oldi, deb xabar bermoqda Times of India nashri.

Mahalliy politsiyada Pokistonning okruglaridan birida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqami va urdu tilidagi yozuv o‘yib tushirilgan kabutarning oyog‘idagi halqa shubha uyg‘otgan.

Urdu tili Pokistonda ingliz tili bilan birga davlat tili hisoblanadi.

Kabutar Pokiston chegarasi yaqinidagi Patxankot shahriga qo‘nganda uni bir mahalliy bola ushlab olgan. Bola urdu tilidagi yozuvni ko‘rib kabutarni politsiyaga olib borgan.

Politsiyaning ta'kidlashicha, hozircha kabutarning josuslik qilgani haqida hech qanday ma'lumot tasdiqlanmagan, biroq u har ehtimolga qarshi hibsda ushlab turilibdi.

Top