10:34 / 29.05.2015
2340

Shahzoda Aliga UYeFAning 45-46 a'zosi ovoz berishi kutilmoqda

FIFA prezidentligiga nomzod bo‘lgan Iordaniya shahzodasi Ali ibn Ol Husaynning ma'lum qilishicha, bo‘lajak saylovlarda Yevropadan tashqarida unga 60ta milliy federatsiya ovoz berishga tayyorligini bildirgan.

Bundan tashqari, UYeFA prezidenti Mishel Platini ham Yevropa milliy uyushmalarining nechtasi 29 may kuni shahzodani qo‘llab-quvvatlashi mumkinligini ma'lum qildi.

“Yevropa milliy uyushmalarining mutlaq ko‘pchiligi shahzoda Ali uchun ovoz beradi. 53 federatsiyadan kamida 45-46tasi Aliga ovoz beradi, men ularni bunga ko‘ndirishga urinaman”, - dedi Platini.

Eslatib o‘tamiz, 29 may kuni bo‘lib o‘tadigan FIFA prezidenti saylovida tashkilotga a'zo barcha 209 mamlakat vakillari ishtirok etadi.

Top