08:10 / 30.05.2015
1841

Angliya Futbol uyushmasi rahbari Blatter 16 yil ichida islohotlar amalga oshirish imkonidan foydalanmaganini aytdi

Angliya Futbol uyushmasi (FA) rahbari Greg Dayk FIFAning amaldagi prezidenti Yozef Blatterning tashkilotning prezidenti lavozimiga navbatdagi muddatga qayta saylanganiga izoh berib o‘tdi.

“Blatterda islohotlarni amalga oshirish uchun 16 yil vaqt bo‘lgan, biroq u buni amalga oshirmadi. Angliya mustaqil ravishda biror narsadan voz kecha olmaydi, bunga ishonchingiz komil bo‘lsin. Fikrimcha, FIFAda bu natija va FIFA kelgusida nima qilishi muhokama qilinadi, biroq Angliya bir o‘zi hech narsa qilmaydi. Bu intiho emas, ibtidodir”, deb aytmoqda Dayk.

Top