10:15 / 31.05.2015
7224

Germaniya G7 sammitida Rossiya ishtirok etmayotganidan norozi

Germaniya G7 sammitiga Rossiyaning taklif qilinmasligini katta xato deb hisoblaydi.
“G7ning Rossiya bilan uchrashuvi ko‘p ixtiloflarni hal qilib, Rossiyaning Ukraina masalasida to‘g‘ri yo‘l tutishiga yordam berishi mumkin edi”, – dedi Germaniya sharqiy iqtisodiyot qo‘mitasi rahbari RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida.
Uning fikricha, Rossiyaning bunday uchrashuvlarga taklif qilinmasligi o‘zaro muloqotning yo‘qotilgan imkoniyatidir.
Sammit 7-8 iyun kunlari Bavariyadagi Elmau qasrida bo‘lib o‘tadi.

Top