Jahon | 10:49 / 31.05.2015
1943
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada terakt oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyaning Mayduguri shahridagi masjidda noma'lum terrorchi o‘zini portlatib yubordi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.
Qo‘poruvchilik harakati oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi. Bir necha soat oldin shu shahardagi uylardan birida reaktiv granatalar portlatilgan edi.
Qo‘poruvchilik uchun javobgarlik biror-bir terrorchi guruh o‘z zimmasiga olmagan.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish