O‘zbekiston | 16:12 / 01.06.2015
1738
1 daqiqa o‘qiladi

2015 yili Toshkent mexanika zavodi 30 ming eshik qulflari ishlab chiqaradi

Toshkent mexanika zavodi 2015 yili 30 ming eshik qulflari ishlab chiqaradi. Mahsulot lokalizatsiyasi 36 foizni tashkil qiladi.

2016 yili ushbu mahsulotni ishlab chiqarish hajmi 40 ming donaga yetadi; keyingi yillarda uning hajmini 50 mingga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Bu ko‘rsatkichlar 2015-2019 yillarda tayyor mahsulotni, butlovchi qismlar va materiallarni lokalizatsiya qilish dasturi bilan belgilab berilgan.

Umumiy hisobda sobiq aviaqurilish zavodi 2020 yilga qadar 18 turdagi maishiy mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish