11:21 / 01.06.2015
1730

O‘zbekiston (U-18) – BAA (U-18) o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuvda durang qayd etildi

Toshkentda o‘tkazilayotgan yig‘in doirasida Osiyo Chempionati saralash o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston U-18 terma jamoasi BAA U-18ga qarshi ikkinchi uchrashuvni ham o‘tkazdi.

Jasur Abduraimov shogirdlari huddi birinchi o‘yinda bo‘lgani kabi butun o‘yin davomida ustunlikni o‘z tomonlarida ushlab turdi va o‘yinni nazorat qilib bordi.

Birinchi bo‘limda o‘zbekistonliklar ko‘plab xavfli hujumlarni amalga oshirdi. Shulardan birida Sanjar Qodirqulov himoyachilarni aldab o‘tib, raqib jarima maydoniga yorib kirdi va unga nisbatan qo‘pollik ishlatildi. Raqib darvozasi tomon penalti belgilandi. Ammo Qodirqulovning zarbasini darvozabon qaytara oldi.

Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘lim ham Abduraimov shogirlari ustunligida o‘tdi. Uchrashuvning 80-daqiqasida Jasur Yaxshiboyev hisobni ochdi. Ammo jamoa g‘alabani ushlab qola olmadi. O‘yin asosiy vaqtining so‘nggi daqiqasida mehmonlar hujumchisi Feysal Matrush hisobni tenglashtirdi – 1:1.

O‘rtoqlik uchrashuvi.

31.05.2015. “Jar” stadioni, Toshkent.

O‘zbekiston (U-18) – BAA (U-18) 1:1

Gollar: Jasur Yaxshiboyev (80) – Feysal Matrush (90)

Manba:  the-uff.com

Top