Jamiyat | 12:19 / 01.06.2015
1815
1 daqiqa o‘qiladi

Tulada besh kishini o‘ldirishda gumon qilingan O‘zbekiston fuqarosi aybiga iqror bo‘ldi

Tulaning Sovetskiy tuman sudida besh kishini o‘ldirishda ayblanayotgan 29 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Serajin Sheraliyev o‘z aybini tan oldi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

Ilgariroq uning tomonidan Tuladagi shaxsiy uylardan birida ikki ayol va uch bola o‘ldirilgani xabar qilingan edi. Sudlanuvchining e'tirof etishicha, u jinoyatni mast holda sodir etgan va shu bois hech narsani eslay olmaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish