Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:42 / 02.06.2015
2655
1 daqiqa o‘qiladi
AQShdagi Apple markazida kimyoviy moddalar to‘kilib ketishi oqibatida 5 kishi aziyat chekdi
Apple kompaniyasining ma'lumotlarni qayta ishlaydigan markazlaridan birida kimyoviy moddalarning to‘kilib ketishi oqibatida besh nafar xodim zarar ko‘rdi. Bu haqda USA Today nashri yozdi.
Apple markazi Shimoliy Karolina shtatida, Google va Facebook binolariga yaqin joylashgan.
Aytilishicha, ish soatlarida xrolin moddasi to‘kilib ketgan, xodimlar bosh aylanishi va holsizlikdan noliy boshlagan.
Markaz iMessages, iTunes singari servislarga xizmat ko‘rsatadi.