10:04 / 03.06.2015
4902

Dudek: Messi "klasiko" vaqtida Pepe va Ramosni eng "tanlangan" so‘zlar bilan so‘kkan

"Real"ning sobiq posboni Yeji Dudek o‘zining "Real"dagi faoliyatim" kitobida Gvardiola davridagi "Barselona"ni provokator jamoa deb atadi.

"Xosep Gvardiola davrida "Barselona" provokator jamoa edi. "Klasiko" vaqtida Messi Pepe va Ramosga eng "tanlangan" so‘zlar bilan so‘kkan edi. Bu yuvosh va xotirjam insondan buni kutish aqlga sig‘maydi. Umuman "Barselona" Messi kabi provokator edi.

Ular har doim bizni provokatsiyaga chorlar va buni ajoyib tarzda bajarishar edi. Bu narsalar Mourinoga og‘riqli ta'sir qilar edi. U bizga "Barselona"dan farqli o‘laroq, raqibni o‘ta hurmat qilayotganimizni aytardi. "Barselona"dan 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lganimizda u bizning raqib bilan futbolka almashtirganimizda juda qattiq ranjigan edi", - deyiladi kitobda.

Top