21:14 / 03.06.2015
2056

JCh U20 turnirida Portugaliya yoshlari muddatidan oldin keyingi bosqich masalasini hal qilishdi

3 iyun kuni Yangi Zelandiyada o‘tayotgan yoshlar o‘rtasida jahon chempionatining ikkinchi turi doirasidagi o‘yinlar o‘tkazildi.

Dastlab, S" guruhi vakillari Portugaliya va Qatar o‘rtasidagi uchrashuvda portugallar osiyoliklarni 4:0 hisobida mag‘lub etishdi. Gollarga Andre Silva (34), Ivo Rodriges (42, 66) va Joao Vigaro (74) mualliflik qilgan. Bu g‘alabadan keyin portugaliyalik yoshlarning ochkolari 6taga yetdi va jamoa guruhdan chiqish vazifasini muddatidan olin hal qildi.

Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Senegal va Kolumbiya o‘rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. O‘yindagi gollar Mamadu Tiam (34) va Aleksis Zapata (74-pen.) hisobiga yozilgan.


"D" guruhi vakillari Meksika va Urugvay o‘rtasidagi uchrashuvda meksikaliklar o‘yinga qo‘shib berilgan vaqtda Gutiyeresning goli evaziga g‘alabani ilib ketishdi.

Serbiya va Mali o‘rtasidagi uchrashuvda esa har bir bo‘limida bittadan to‘p kiritgan yevropaliklar afrikalik tengdoshlarini mag‘lub etdi.

Qayd etish joizki, ushbu guruhda beshta terma jamoa kurash olib bormoqda. Braziliya yoshlar termasi bu turda dam olgan, ularning hisobida bir o‘yinda bir g‘alaba mavjud.


Top