Jamiyat | 21:42 / 03.06.2015
4896
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada berkinib yurgan o‘zbekistonlik jinoyatchi O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Rossiya hududida qonundan qochib yurgan O‘zbekiston fuqarosi Ruslan Nodirov jinoiy javobgarlikka tortilish uchun Rossiya tomonidan O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirildi.

Nodirov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Bosqinchilik” moddasida ko‘zda tutilgan jinoyatni amalga oshirgani uchun 2013 yildan beri O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan qidirilayotgan edi.

Nodirov 2013 yil may oyida uch nafar hamtovog‘i bilan Qarshi shahridagi “O‘g‘iloy” MChJ omborxonasi hududiga kirib, qorovulni urib-bog‘lab, tashkilotga tegishli bo‘lgan 6 mln so‘mdan ko‘proq mol-mulkni o‘g‘irlab ketgan.

2015 yil yanvar oyida davlatlararo qidiruvda bo‘lgan Nodirov Moskva shahri huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish