Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya AQShdan yangi avlod uchar radarlarini so‘radi
Yaponiya hukumati E-2D Advanced Hawkeye uzoq radiolokatsion aniqlash va boshqarish samolyotlarini sotib olishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Defense Aerospace portali. Aytilishicha, AQSh Davlat Departamenti Yaponiyaning to‘rtta “uchar radar” sotib olish haqidagi murojaatini ma'qullagan.
Shartnoma qiymati 1.7 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Shartnoma doirasida APY-9 radarlari va tegishli uskunalar bilan jihozlangan to‘rtta E-2D samolyoti, 10ta T56-A-427A dvigatellari (8tasi o‘rnatilgan, 2tasi zaxira), ehtiyot qismlar, zaruriy hujjatlar va o‘quv qurollari yetkazib beriladi. Bundan tashqari, AQSh Yaponiyaga uchuvchilar, personal va texnik xodimlarni tayyorlashda dastlabki yordamni ko‘rsatadi.