16:31 / 04.06.2015
2037

Nazarboyev: Qozog‘istonda davlat apparati sovet davlat xizmati kamchiliklaridan qutula olgani yo‘q

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatdagi davlat apparati hanuzgacha sovet davri qoliplaridan qutula olmaganini tanqid ostiga oldi.
“Biz keng miqyosli institutsional islohotlar o‘tkazishga kirishdik. Ular, shu jumladan, Qozog‘istondagi investitsion iqlimni yaxshilashga qaratilgan. Bu islohotlar zamonaviy davlat apparatini shakllantirishga qaratilgan. Bilasizmi nega? Chunki bizning bugungi apparatimiz sovet davridagi davlat xizmati tasavvurlaridan qutula olgani yo‘q”, – uning so‘zlarini keltiradi Qozog‘iston telegraf agentligi.

Top