Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 10:11 / 05.06.2015
1846
1 daqiqa o‘qiladi
«PSJ» Tevesga yiliga 12 million yevrodan to‘lashga tayyor
Fransiyaning «PSJ» jamoasi «Yuventus»ning argentinalik hujumchisi Karlos Tevesga qiziqish bildirmoqda.
Marca nashri ma'lumotlariga ko‘ra, parijliklar klubi 31 yoshli futbolchiga yiliga 12 million yevro to‘lashga tayyor.
Qayd etilishicha, Tevesni Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone ham o‘z jamoasida ko‘rishni istaydi, biroq moliyaviy shartlar borasida ispanlar «PSJ» bilan bahslasha olishmaydi.