22:45 / 06.06.2015
4937

O‘zbekiston chegarachilari may oyi davomida 87 nafar Qirg‘iziston fuqarosini qo‘lga olishdi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegarasini muhofaza qilish qo‘mitasi davlat chegarasini buzish holatlarining oshib borayotgani va O‘zbekiston hududida Qirg‘iziston fuqarolarining bo‘lishi tartibi haqida gapirayotib navbatdagi marta qirg‘izistonlik hamkasblarini O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasining buzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlarni qabul qilishga chaqirdi.

O‘zbekiston davlat chegarasi boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning may oyi mobaynida O‘zbekiston chegarasini buzgan 90 nafar Qirg‘iziston fuqarosi qo‘lga olingan.

“2015 yil may oyining birinchi o‘n kunligida O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida chegarani buzgan 12 nafar, ikkinchi o‘n kunligida 28 nafar va uchinchi o‘n kunligida 47 nafar, hammasi bo‘lib 87 nafar Qirg‘iziston fuqarosi qo‘lga olingan. Ulardan 53 nafari davlat chegarasini, 34 nafari O‘zbekistonda bo‘lish tartibini buzgan”, deb aytilmoqda Davlat chegarasini muhofaza qilish qo‘mitasi matbuot xizmatida.

Shuningdek, Qirg‘iziston fuqarolari tomonidan O‘zbekistondan noqonuniy tarzda 30 mln so‘mdan ko‘proq miqdordagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari olib chiqib ketilishi ikki holatining oldi olinganligi ma'lum qilindi.

Top