20:46 / 07.06.2015
3566

Yaponiya Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi faolligidan xavotirlanmoqda

Yaponiya Xitoy Janubiy Xitoy dengizida qurilishlar olib borayotganidan xavotirlanmoqda. Bu haqda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan ikki tomonlama muzokaralar paytida aytib o‘tdi.

“Qurilish sur'atlari o‘sishda davom etmoqda va bu holat bizda xavotir uyg‘otmoqda”, deb ta'kidlamoqda Yaponiya bosh vaziri.

Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli suv hududida sun'iy orollar qurish bo‘yicha davom etayotgan ishlar mintaqaning bir qator, jumladan Filippin va Vetnam kabi davlatlarining noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Bu davlatlar bunday harakatlar ularning mustaqilligini jiddiy tahqirlashi va mintaqadagi kema orqali yuk tashishlarga tahdid solishini bir necha marta rasman aytishgan.

Top