Jahon | 11:40 / 08.06.2015
1898
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliya janubi-sharqida kichik samolyot uylardan biri ustiga quladi

Braziliyaning janubi-sharqida joylashgan Belu-Orizonti shahrida ikki dvigatelli BE-90 King Air samolyoti aholi turar joylaridan birdagi uy ustiga qulab tushgan. Bu haqda O Globo xabar bergan.

Hodisa oqibatida samolyotdagi 3 kishi halok bo‘lgan, pastdagilardan biri ham jiddiy jarohatlangan.

Guvohlarning tasdiqlashicha, samolyot havoga ko‘tarilishidan ko‘p vaqt o‘tmasdan pastga sho‘ng‘igan va yonib ketgan.

Ayni vaqtda mutaxassislar hodisa sababini o‘rganishmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish