11:06 / 08.06.2015
6662

Toshkentliklar dafn marosimi uchun pul olishda muammoga duch kelishmoqda

Ijtimoiy ko‘mak berish bo‘yicha Yakkasaroy tumani bo‘limiga murojaat qilgan fuqarolardan biri dafn pulini olishda muammolarga duch kelayotganidan shikoyat qildi. Fuqaro feysbukdagi «Jamoatchilik nazorati» guruhida bu borada izoh qoldirgan.

Guruh foydalanuvchisi idoraga tashrif buyurganida xizmat ko‘rsatish juda sekin olib borilishi natijasida katta navbat kutish holatlari va qo‘shimcha byurokratik kechiktirish holatlariga duch kelgan.

Mazkur yozib qoldirilgan izoh tagida boshqa foydalanuvchilardan biri bu kabi holatlarga Olmazor, Yunusobod va Yashnobod tumanlarida ham duch kelishgani haqida gapirib o‘tgan.

Top