Jahon | 16:38 / 09.06.2015
3088
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston oliygohlarida yuridik fakultetlar yopiladi

Qirg‘iziston ta'lim va fan vazirligi davlat OTMlariga yuridik fakultetlarni yopish haqida ko‘rsatma berdi. Bu haqda 8 iyun kuni vazir Elvira Sariyeva ta'lim, fan, madaniyat va sport ishlari bo‘yicha Jo‘qorg‘i Kengash qo‘mitasidagi chiqishida ma'lumot berdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, oliy ta'limda OTMlardagi ta'lim sifatini yaxshilash borasida yangi konsepsiya qabul qilingan. Unga muvofiq, yaqin orada barcha oliy ta'lim dargohlaridagi yuridik fakultetlar yopiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish