20:48 / 10.06.2015
2757

Nestle lag‘moni Hindistonda man qilingach, asosiy kontrabanda obektiga aylandi

Nestle kompaniyasining tez tayyorlanadigan Maggi lag‘moni qonun bilan taqiqlab qo‘yilgandan so‘ng asosiy kontrabanda tovarlaridan biriga aylandi, deb darak beradi Hindustan Times nashri. Nashrning eslatib o‘tishicha, u uzoq yillar mobaynida Hindistondagi sevimli taomlardan biri bo‘lib kelgan.

Endilikda yemishning muxlislari uni hatto yirik shaharlardan ham katta qiyinchiliklar bilan qidirib topmoqda. Sotuvchilar uning o‘rniga taklif qilingan lag‘monlarni o‘tkaza olmagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Nestle kompaniyasi butun Hindiston bo‘ylab lag‘monlarni sotuvdan chiqardi. Nyu-Dehli hokimiyati esa 15 taqiq o‘rnatdi. Ta'kidlanishicha, mahsulotning navbatdagi partiyasida qo‘rg‘oshin darajasining oshib ketishi bularga sabab bo‘lgan.

Top